Noma’lum shaxslar “PSJ” darvozaboni Aleksandr Letelyening uyini talon-taroj qildi.

Hodisa 18 dekabrdan 19 dekabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Letelye va uning rafiqasi ogohlantiruv qo‘ng‘irog‘idan uyg‘onib ketgan.

Jabrlanuvchilar zudlik bilan polisiyaga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq to‘rt nafar talonchi uyga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lgan va futbolchi, uning rafiqasi hamda ikki farzandiga (2 va 6 yoshli) pichoq bilan tahdid qilgan. Jinoyatchilar Letelyedan pul va zargarlik buyumlarini berishni talab qilgan.

Polisiya to‘rt nafar talonchining uch nafarini hibsga olgan. O‘g‘rilarni qo‘lga olish jarayonida polisiyachilarning biri jarohat olgan.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/