«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim hozirda «Benfika»ga ustozlik qilayotgan Joze Mourinyo haqida juda iliq fikrlar bildirdi.
«Turli murabbiylardan ko‘p narsa o‘rganganman, ammo Mourinyo men uchun doim namuna bo‘lib kelgan. U nafaqat portugaliyaliklar, balki butun dunyo uchun ibrat. Ayniqsa, faoliyatining boshida doimo g‘alaba qozonib kelgan.
U har doim o‘zining muomalasi bilan ajralib turardi. Bu Angliyadagi insonlarga juda yoqardi. «Benfika»da ishlaganida u bilan muloqotda bo‘lganmiz. Qizig‘i, ikkimiz ham doimiy ravishda mamlakat va klublarni o‘zgartirib turibmiz.
U men uchun haqiqiy namuna. Ba’zida xabarlashib turamiz», – dedi 41 yoshli portugaliyalik mutaxassis.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/