Superliga tashkil etilishi mumkin. Yevropa sudi ushbu loyiha tashkilotchilari tomonini olib, futbol musobaqalarini tashkil qilishda UYEFA monopolist bo‘la olmaydi, degan qarorga keldi.
To‘g‘ri, Angliya Premyer-ligasi klublarining Superligaga qo‘shilishi qiyin bo‘ladi. Buyuk Britaniyada qonun qabul qilinishi, unga ko‘ra, amaldagi futbol tizimidan chiqqan klub milliy turnirlardan chetlatilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Hozir Yevropa OAVlari Angliya Premyer-ligasining qiyin pozisiyasi haqida gapirmoqda. Agar klublardan biri Superligaga qo‘shilsa, APLda 30 ochko olib tashlanadi. Bundan tashqari, bunday klub 29 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/