«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kristian Eriksen mavsum yakunida jamoani tark etadi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.

33 yoshli daniyalik ingliz klubi rejalariga kiritilmagan.

Yozda futbolchining shartnomasi tugaydi, shuning uchun u erkin agent sifatida ketadi.

«Yunayted» xavbekni 2022 yilning yozida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgandi. O‘shandan beri u 93 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu mavsumda – 21 o‘yinda 4 gol va 4 assist.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/