«Yuventus»ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Filippo Ranokkiya «Palermo»ga o‘tadi va Italiya futbolining ikkinchi ligasida o‘ynaydi. B
Bu kelishuv Sisiliya klubiga uch million yevroga tushadi.
Ranokkiya hech qachon Turin grandining asosiy jamoasida o‘z o‘rnini topa olmadi va yaqinda «Empoli»da ijara asosida o‘ynadi.
Bugun futbolchi yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va bo‘lajak jamoadoshlari bilan uchrashdi. «Kalyari» ham unga qiziqqandi, ammo «Yuventus» rahbariyati «Palermo» bilan shartnoma tuzishni ma’qul ko‘rdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/