Angliya chempionatining yigirma birinchi turida “Kristal Pelas” yana bir yirik, hatto halokatli mag‘lubiyatga uchradi – Roy Xojson shogirdlari Londonning “Arsenal” klubidan javobsiz beshta gol o‘tkazib yubordi.
«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Teo Uolkottning fikricha, «Kristal Pelas» bosh murabbiyi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yapon harbiy qo‘mondonlari qiladigan ishni bajarishi kerak – professional hara-kiri qilishi va oddiy til bilan aytganda, iste’foga chiqishi kerak.
«Roy Xojson o‘tmishda ajoyib ish qildi, lekin shunday vaqt keladiki, siz «to‘xtang» deb ayta olishingiz kerak bo‘ladi», – deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/