“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes, agar mavsum yakuniga qadar jamoasi biror sovrin yuta olmasa, iste’foga chiqishini yana bir bor ma’lum qildi.
Kecha «Barselona» Ispaniya kubogining chorak final bosqichida Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qo‘shimcha bo‘limlarda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.
«Agar mavsum oxirigacha chempionlik uchun kurashmasak, ketishga majbur bo‘laman. Men «Barselona» murabbiyiman va qayerda ekanligimni bilaman. Futbolchi sifatida men ko‘plab unvonlarni yo‘qotganman. Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdim, lekin ko‘p narsalarni ham yo‘qotdim. Shanba kuni “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda hammasini boshidan boshlashimiz kerak”, dedi Xavi matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/