«Alaves» bosh murabbiyi Luis Garsiya «Barselona» vingeri Lamin Yamalning o‘yiniga yuqori baho berdi.

16 yoshli futbolchi gol urmadi, ammo «ko‘k-anorranglilar»ning safarda “Alaves” ustidan g‘alaba qozonishiga yordam berdi (3:1).

“Lamin Yamal nihoyatda yaxshi. Bu futbolchi bir davrni belgilaydi, deyish kerakmi, bilmayman, lekin u juda yaxshi.

U raqiblarni osongina ortda qoldirishga qodir», – deya Luis Garsiyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.

Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/