«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa hujumchisi Erling Xolandning «Brentford»ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi. Angliya premyer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan uchrashuv “Manchester Siti”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Xoland maydonda 86 daqiqa harakat qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Men Xolanddan boshqa hujumchini bilmayman, uning yonida oltita raqib bo‘lsa, maydonda o‘zini qulay his qiladi. Hatto eng zo‘r hujumchilar ham bunday vaziyatga dos. bera olmagan bo‘lardi, ammo Xoland, Alvares, Foden va De Bryuyne o‘yini tufayli bizda ko‘proq bo‘sh joylar bor edi», – deydi Gvardiola.

Murabbiyning qayd etishicha, Xolandsiz «Manchester Siti»ga «Brentford» bilan o‘yinda ancha qiyin bo‘lardi. Joriy mavsumda 23 yoshli Xoland barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/