Iordaniya terma jamoasining Osiyo kubogidagi yetakchilaridan biri Qatarning 2-divizioniga ko‘chib o‘tmoqda.

23 yoshli futbolchi Ali Alvan Qatar 2-divizionidagi «Al Hor» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Terma jamoa safida 39 ta o‘yinda 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan yosh hujumchining yorqin turnirdan so‘ng Qatarning quyi divizioniga yo‘l olishi, albatta, achinarli holat.

Afsuski, g‘arbiy osiyolik futbolchilar o‘z komfort zonasidan chiqishni yoqtirishmaydi. Aksincha, sharqiy osiyolik futbolchilar Yaponiya va Janubiy Koreya chempionatlaridagi yaxshi maoshdan voz kechgan holda, doimiy ravishda Yevropaning o‘rtamiyona ligalariga o‘tishga harakat qilishadi.

O‘zbekistonlik futbolchilarning aksariyati uchun ham masalaning moliyaviy tomoni birinchi o‘rinda turadi.

Manba: @SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/