Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Chelsi»ning 18 yoshli futbolchisi Estevao Villianning o‘yiniga qoyil qoldi.

Shanba kuni yosh vinger braziliyaliklarga o‘rtoqlik o‘yinida Senegalni mag‘lub etishga yordam berdi (2:0) va gol urdi.

«Estevaoda aql bovar qilmaydigan iste’dod bor. Uning shunday yoshda bunday ishlarga qodirligi juda hayratlanarli. U hujumlarni ajoyib yakunlaydi, uning o‘yinida sehr ko‘p, shu bilan birga u juda qattiq ishlaydi. Aytishim mumkinki, Estevao bilan Braziliya terma jamoasining kelajagi porloq ko‘rinadi,» – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Vunderkindning hisobida Braziliya terma jamoasi safida o‘nta o‘yinda to‘rtta gol bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/