Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida Bilbaoning “Atletik” klubi o‘z maydonida Londonning “Arsenal” klubini qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Basklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz kim ekanligimizni ko‘rsatdik. Biroq yig‘ilgan muxlislarni g‘alabali natija bilan xursand qila olmaganimiz juda achinarli. O‘yin teng darajada o‘tganini qayd etmoqchiman», – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/