Fransiyalik markaziy himoyachi Rafael Varan futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Uning qo‘lga kiritgan sovrinlari bilan tanishing.

«Real Madrid» tarkibida Varan 3 marta Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogi va Yevropa Superkubogi sohibi, 4 marta Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, shuningdek, bir marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. «Manchester Yunayted» bilan Rafael Angliya kubogi va liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Himoyachi Fransiya terma jamoasi tarkibida 2018 yilda jahon chempionati va 2021 yilda Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/