Roy Kin Premyer-ligada chempionlik poygasi favoriti haqidagi savolga javob berdi.

«Men g‘olib nomini ayta olmayman. O‘tgan yili «Manchester Siti» chempion bo‘lishiga hech qachon shubha qilmagandim. Bir necha hafta oldin men hali ham «Manchester Siti»ga moyil edim, ammo hozir bunga biroz shubha qilaman.

Qachonki “Liverpul” o‘yinlarini ko‘rsangiz, ular yaxshi o‘ynaydi, vaziyatlar yaratadi va gol urishadi.

«Arsenal»ga kelsak, o‘ylaymanki, ular jismonan o‘tgan mavsumga qaraganda ancha kuchli. Menimcha, ular bu borada taslim bo‘lmaydilar. Yangi o‘yinchilar qo‘shimcha kuch va sifatni jalb qila oldilar. Men jamoaning munosabatiga qarayman va ular qiyinchilikka tayyor ekanliklarini ko‘raman.

Bu yil favorit sifatida kimni tanlashni bilmayman» – dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/