«Brest» darvozaboni Marko Bizot tez orada Angliyaning «Aston Villa» klubi safiga borib qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Niderlandiya terma jamoasi safida 1 ta o‘yin o‘tkazgan ushbu futbolchiga bo‘lgan qiziqish argentinalik Emiliano Martinesning ketishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
34 yoshli Bizot «Vestfrizen» va «Ayaks» klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar miqyosida u «Ayaks», «AZ Alkmaar», «Kambyur», «Groningen» va Belgiyaning «Genk» klublarida o‘ynagan.
Marko 2021 yilda «Brest»ga o‘tgan. U o‘tgan mavsumda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 68 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning hisobida 12 ta «quruq» o‘yin bor. Darvozabonning bozor narxi 3 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/