Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua hujumchi Kilian Mbappening kayfiyati qanday o‘zgarganini aytib berdi.
Belgiyalik futbolchi klubga kelganidan keyin fransuzning debyut mavsumi moslashuvga ketganini tan oldi, ammo endi u o‘zini topdi va jamoa yetakchisiga aylandi.
«Bu mavsumda Mbappening kayfiyati umuman boshqacha – u g‘oliblik mentalitetini namoyish etmoqda. Uning yetakchi ekanligi hammaga ko‘rinib turibdi. O‘tgan mavsumda u yangi jamoaga moslashish va maydondagi roli tufayli qiyinchiliklarga duch keldi, endi esa bizni o‘z ortidan ergashtirmoqda,» – deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Yakshanba kuni «qaymoqranglilar» La Liganing 13-turida «Elche» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/