Xabaringiz bor, 14 aprel kuni poytaxtimizdagi «Humo Arena» majmuasida «IBA Chempionlar oqshomi» tashkil etiladi.
Ushbu oqshom doirasida og‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov xorvatiyalik Smakichi Agronga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo jangga uch kun qolganda ushbu bahs bekor qilindi.
«Assalomu alaykum! Barchangizga Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin. Sizlarga 14 aprel kungi jangim bekor bo‘lganini xabar qilmoqchiman. Hammasi Allohdan, buyog‘iga asosiy e’tibor oldinda turgan Parij Olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. Insha Allah biz buni uddalaymiz. Meni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turgan barchangizga kattakon rahmat», – deya qarorini izohladi Jalolov.
Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/