Parij shahridagi «Rolan Garros» sport komleksi hududida o‘g‘rilik sodir etildi deb xabar bermoqda BFM TV.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, tunda noma’lum shaxslar panjara to‘sig‘idan o‘tib, kompleks hududiga kirishgan va bir nechta ofislarni tunashgan.

Talonchilar 11 ming yevro naqd pul va umumiy summasi 20 ming yevroga baholanayotgan qimmatbaho buyumlarni olib ketishgan. 

Hozircha bosqinchilarning shaxsi aniqlanmagan. Ayni paytda Parij polisiyasi tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/