«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen ispaniyalik bo‘lmagan futbolchilar orasida jamoada o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bugungi «Valensiya»ga qarshi o‘yin nemis darvozaboni uchun «blaugrana» uchun barcha musobaqalardagi 408-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, Ter Shtegen tarixdagi barcha xorijlik futbolchilar orasida “Barselona” safida o‘ynagan o‘yinlarda soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Argentina klubi afsonasi Lionel Messi yetakchi bo‘lib turibdi.

Mark-Andre ter Shtegen 2014 yilning yozida Myonxengladbaxning «Borussiya»sidan «Barselona»ga o‘tgan edi. Kataloniya jamoasi safida 407 ta o‘yinda nemis o‘z darvozasidan 398 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/