Qatarda davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi uchinchi o‘rini uchun kechgan bahsda Iroq Indoneziyaga qarshi maydonga chiqib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Zaid Tahsin va Ali Yasim tomonidan kiritilgan gollarga Indoneziya tarkibida Ivar Jenner javob qaytardi.
Turnirda uchinchi o‘rinni olgan Iroq shu tariqa Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan Osiyoning uchinchi jamoasiga aylandi. Indoneziya endi Olimpiada yo‘lida Gvineya bilan pley-offda to‘qnash keladi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/