«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yozda ishini yo‘qotishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, rahbariyat argentinalikning taqdirini mavsum oxirida hal qiladi, ammo ko‘p narsa «ko‘klar»ning Yevropa ligasiga yo‘llanma olishiga bog‘liq.

«Chelsi» ayni damda Angliya Premyer-ligasida 7-o‘rinni egallab turibdi. Pochettino shogirdlari Yevropa ligasi zonasidan ikki ochko ortda qolmoqda.

Chempionatda mavsum yakuniga qadar uchta o‘yin qoldi. Pochettino qo‘l ostidagi «Chelsi» ushbu mavsumda Liga kubogi finali va Angliya kubogi yarim finaliga chiqdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/