Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba sentyabr oyidagi o‘yinlarda Fransiya terma jamoasiga yordam bermaydi.
24 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Premyer-liga doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yin boshidayoq jarohat olib, 5-daqiqada zaxiraga olingandi. Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «uch ranglilar» Salibani qaydnomadan chiqarishga majbur bo‘ldi – uning o‘rnini Milanning «Inter» klubi a’zosi Benjamen Pavar egalladi.
Qayd etilishicha, «kanonirlar» vakilida to‘piq bo‘g‘imi paylarining cho‘zilishi aniqlangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/