Darvozabon Janluiji Donnarumma «Manchester Siti»da nimalarga erishmoqchiligini aytdi.

«Shaharliklar» yozgi transferlar oynasi yopilishi oldidan italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Avvalgi to‘rt yilni darvozabon «PSJ»da o‘tkazgan.

«Maqsadim – tarixga kirish, klub va shaharning haqiqiy ramziga aylanish. Muxlislar men bilan faxrlanishlarini istayman va buning uchun qo‘limdan kelganini qilaman, bor kuchimni beraman. «Manchester Siti» – tarixga ega klub, u cho‘qqiga chiqishga loyiq,» – deya jamoada debyut qilmagan Donnarummaning so‘zlarini keltiradi City Report.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/