«Kadis» klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Suso bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tomonlar keyingi to‘rt mavsum uchun shartnoma imzoladilar.
31 yoshli ispaniyalik o‘zi tarbiya topgan klubga qaytdi. 2010 yilda u «Liverpul»ga ko‘chib o‘tdi, shundan so‘ng «Almeriya», «Milan», «Jenoa» va «Sevilya» kabi klublarda ham o‘ynadi.
2024/25 yilgi mavsumda Suso «Sevilya» safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/