«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Jeyms Makeyti yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» 22 yoshli tarbiyalanuvchisini 23-29 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, Makeytiga Bundesliga, APL va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan «Atalanta» tomonidan ham qiziqish mavjud.
2024/25-yilgi mavsumda Makati barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi. Futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/