«Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Dushanba kuni Mark Bernal 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Bernal «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mark «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi safida beshta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda yosh havbek sherigiga bitta samarali uzatma amalga oshirdi.
«Barselona» La Liga peshqadami bo‘lib turibdi – Xans-Diter Flik jamoasi 7 turda 19 ochko to‘plagan. «Ko‘k-anorranglilar» navbatdagi o‘yinni 1 oktyabr, chorshanba kuni o‘z maydonida «PSJ»ga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/