«Liverpul» hujumkor yarim himoyachisi Florian Virs Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan Germaniyaning «Ayntraxt» klubiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mersisaydliklar Frankfurtda 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Biz 0:1 hisobida yutqazayotgandik, ammo o‘yin taqdirini o‘zgartira oldik. Birinchi bo‘limda bo‘sh zonalarni topa olmadim, ammo tanaffusdan keyin barchasi o‘zgardi. Yanada ko‘proq foydali ishlar qilishim mumkin. G‘alabamizdan mamnunman. Gollarda ishtirok etganimdan xursandman,» – deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Virs yozda ingliz grandi safiga qo‘shildi. 22 yoshli vingerning transferi «qizillar»ga 125 million yevroga tushgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/