«Bavariya» bosh direktori: «Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi»
«Bavariya» bosh direktori Maks Eberl Myunxen klubiga o‘tish taklifini rad etgan Florian Virsning «Liverpul»ga o‘tishi haqida gapirdi.
«Biz «Liverpul» to‘lashi kerak bo‘lgan miqdorni hozir to‘lashimiz mumkinligiga ishonchim komil emas. U ajoyib o‘yinchi, buni hammamiz bilamiz, shuning uchun biz uni jamoamizga kiritishni xohlardik, ammo keyin hammasi o‘zgardi. Bir eshik yopilganda boshqasi ochiladi, shuning uchun rejalarimiz o‘zgarishi kerak”, dedi Eberl.
2024/25 yilgi mavsumda Florian Virs “Bayer” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/