Xoselu: «Afsuski, men 25 yoshda emasman»
«Al-Garafa» hujumchisi Xoselu «Real»da o‘tkazgan mavsumni esladi. Ispaniyalik futbolchi «Qirollik klubi»dagi so‘nggi mavsumni «Espanyol»dan ijara asosida o‘tkazdi.
34 yoshli futbolchi o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi va «Real»dagi qisqa muddatdan so‘ng «Al-Garafa»dan foydali taklif oldi va uni qabul qildi.
«25 yoshda bo‘lganimda, «Real»da yana 5-6 yil qolishimni istardim. Lekin bolalikdagi orzumni amalga oshirish va shu klubda o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘sha mavsum, birgalikda erishgan barcha narsamizni hisobga olsak, men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi voqea bo‘ldi», – dedi Xoselu.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/