Kannavaro: «Menga A Seriya yoqadi»
Italiyaning «Yuventus», «Napoli» va «Inter» kabi klublarining sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro o‘tgan ikki yilgidan farqli o‘laroq, raqobat ancha kuchli bo‘lgan A Seriyaning joriy mavsumi haqida gapirdi.
«Menga A Seriya yoqadi. Nazarimda, “Yuventus” o‘z raqiblaridan bir oz pastroqdek ko‘rinadi, unda qandaydir muammolar bor. “Inter” chempionatni bir yil avvalgidan yomonroq boshladi. «Napoli» juda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, garchi jamoa hali qurilish bosqichida. “Milan” bu tezlikni ushlab tura olmayapti. Menimcha, murabbiyning o‘zgarishi unga hech qanday foyda keltirmadi», – deya Kannavaro so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/