«Lill» futbolchisi: «Hali hech narsa tugagani yo‘q»
Yevropa chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o‘rin olgan «Bolonya» – «Lill» uchrashuvi maydon egalarining 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan so‘ng «Lill» yarim himoyachisi Ngalayel Mukau o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yaxshi o‘yin. Biz kurashni davom ettiramiz, o‘yindan o‘yinga o‘tamiz, hali hech narsa tugagani yo‘q. Men birinchi marta biroz balandroq o‘ynadim. Men aslida himoyaviy yarim himoyachiman, lekin murabbiy yangi narsani sinab ko‘rmoqchi edi» – dedi Ngalayel Mukau UYEFA rasmiy saytiga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/