«Man Siti» so‘nggi 4 ta o‘yinda 13 ta gol o‘tkazib yubordi

«Manchester Siti» ikki o‘yinda 7 ta gol o‘tkazib yubordi.

Pep Gvardiola shogirdlari bugun Chempionlar ligasida «Feyenoord» bilan ochko bo‘lishdi – 3:3.

5 noyabr kuni Angliyaning amaldagi chempioni Chempionlar Ligasida «Sporting»dan to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, 9 noyabr kuni «Brayton»ga qarshi o‘yinda yana ikkita gol o‘tkazib yubordi. 23-kuni «Tottenxem» to‘rt marta «shaharliklar» darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, «Manchester Siti»ning raqiblari so‘nggi to‘rtta uchrashuvda 13 marta gol kiritdi.

Keyingi o‘yinda «shaharliklar» «Liverpul» bilan to‘qnash kelishadi – bu 1 noyabr kuni sodir bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter