“Barselona” futbolchisi klubini o‘zgartirishni reja qilgani yo‘q

Kataloniyaning “Barselona” klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski o‘zining kelajak rejalari haqida bir qarorga keldi.

Bu haqda Sport.es nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 36 yoshli hujumchi hozirgi jamoasida hammasidan mamnun. Robert o‘zining professional faoliyatining oxirigacha «Barselona»da qolishni rejalashtirmoqda.

U 2022 yilning yozidan buyon «Barsa»da o‘ynamoqda.

Uning kataloniyaliklar bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga yetadi. Robertning transfer narxi 15 million yevroni tashkil etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter