“Bavariya” futbolchisini ijaraga bermoqchi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Matis Tel qishki transferlar vaqtida ijara asosida boshqa klubga ketishi mumkin.

19 yoshli futbolchi joriy mavsumda maydonda kam vaqt o‘tkazdi, shu bois myunxenliklar fransiyalik futbolchi bilan vaqtincha xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, “Verder” yanvar oyida Telni ijaraga olmoqchi. Istiqbolli forvardni Angliya premyer-ligasi vakillari ham kuzatishmoqda, biroq bitta muammo bor – futbolchining o‘zi hali ketish niyatida emas.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter