«MYU» futbolchisining tiklanishi cho‘zilmoqda

Meyson Mauntning so‘nggi jarohatidan tiklanishi uzoq davom etmoqda va o‘yinchi kutilganidan tezda safga qaytmaydi.

Angliyalik yarim himoyachi yana kamida 2 haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Bu ma’lumotni «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida tasdiqladi.

Joriy mavsumda Maunt barcha musobaqalarda 5 ta o‘yin o‘tkazdi va birorta ham samarali natija qayd etmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter