Flik o‘z shogirdini maqtadi
Hans-Diter Flik «Bavariya» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Barselona» akademiyasini maqtadi.
Chempionlar ligasining 3-turi doirasidagi o‘yinda Kataloniya klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Barselona» bosh murabbiyi 21 yoshli yarim himoyachi Mark Kasadoning o‘yiniga yuqori baho berdi.
«Bu aql bovar qilmaydigan futbolchi. U himoyada, shu jumladan to‘pda ham juda yaxshi. Bu La Masianing mevasi. Men juda xursandman. Bu futbolchilarning sifatini hamma ko‘rib turibdi.
Buni ikkinchi bo‘limda birgalashib, to‘pga egalikni saqlab qolganimizda ko‘rish mumkin edi. Bu juda yaxshi bo‘ldi», dedi Xansi Flik.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/