Balotta: «Milan» mavsumni juda ishonarsiz boshladi»

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Marko Balotta Italiya chempionatida yangi mavsum boshlanishi haqida fikr bildirdi. U «Skudetto» favoritlaridan biri sanaladigan «Milan»ning kuchsiz startidan xavotirda.

«Inter» mavsum boshida, shu jumladan «Milan» bilan bo‘ladigan derbida ham peshqadamlikni oshirishga intiladi. «Rossonerilar» mavsumni juda yomon boshladilar, umidsizlikka tushishdi», – deya Balotta so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.

Dastlabki uch turdan keyin «Milan»da bor-yo‘g‘i ikki ochko bor, klub chempionat jadvalida o‘n to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter