18 yil deganda yana Ukrainadan «Oltin to‘p»ga nomzod chiqdi
France Football jurnali 2023/24 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra “Oltin to‘p” uchun 30 nafar nomzodni taqdim etdi.
Ro‘yxatda avvalgi mavsumni «Jirona»da o‘tkazgan «Roma» hujumchisi Artyom Dovbik bor.
Buning evaziga Dovbik so‘nggi 18 yil ichida “Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lgan birinchi ukrainalik bo‘ldi. 2006 yilda Andrey Shevchenko «Oltin to‘p» uchun 50 ta eng yaxshi nomzodlar qatoriga kirgandi.
2023/24 yilgi mavsum yakunida “Oltin to‘p” sohibi 28 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/