“Real” Rodrini sotib olmoqchi

28 yoshli ispaniyalik futbolchi, 2024 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi Rodri «Real»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Los-Blankos» ispaniyalikni 2025 yildayoq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Rodri Ispaniya terma jamoasi tarkibida g‘alaba qozongan so‘nggi 2024 yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter