«Roma»ning sobiq futbolchisi yangi klubida qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Kris Smolling “Roma”ni tark etib, “Al Feyxa”ga o‘tadi.

Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 34 yoshli himoyachi Saudiya klubi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Dushanba kuni futbolchi Rimda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Qayd etilishicha, rimliklar Mario Ermosoni yangi markaziy himoyachi sifatida sotib olishadi. 29 yoshli himoyachi «Atletiko Madrid»da o‘ynagan va yozda erkin agentga aylangandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter