«Real» o‘z hujumchisini sotishi mumkin
Huquqlari «Real»ga tegishli bo‘lgan hujumchi Alvaro Rodriges transfer bozori yopilgunga qadar o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 19 yoshli urugvaylik futbolchiga La Liganing boshqa bir klubi «Real Sosyedad» qiziqmoqda. Avvalroq Rodrigesga «Xetafe» qiziqayotgani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumda Alvaro «Los-Blankos»ning ikkinchi jamoasida o‘ynadi. Hujumchi 11 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi. Futbolchining shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Forvardning transfer narxi 3,5 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/