Messi qachon qaytadi? «Inter Mayami» bosh murabbiyi javob berdi
“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xerardo Martino jarohat olgan Lionel Messining o‘zini qanday his qilayotganini aytib berdi.
37 yoshli argentinalik futbolchi Amerika Kubogida g‘alaba qozonganidan so‘ng jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Forvard yoz boshidan beri «Inter Mayami» o‘yinlarida maydonga tushmayapti.
Martinoning so‘zlariga ko‘ra, Lionel maydonga qaytishga yaqin: «Hozir yagona savol uni qachon formaga keltiramiz. U allaqachon to‘p bilan ishlayapti», – deya murabbiyning «Sinsinnatti» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (2:0) so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/