Klopp «Liverpul» futbolchilari bilan xabarlashib turibdi
Yurgen Klopp jamoani tark etganidan keyin «Liverpul»ga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
57 yoshli mutaxassis joriy yil yozda faoliyatidagi tanaffusdan so‘ng ingliz klubining ba’zi futbolchilari bilan aloqani davom ettirmoqda.
“Men ularni sog‘indim. Ish uchun emas, balki klubdagi barcha odamlar uchun. Biz xohlagan vaqtda bir-birimizni ko‘rishimiz mumkin.
Menga futbol tomosha qilish yoqadi, ayniqsa “Zalsburg”, chunki ularning murabbiyi Pep Leynders men uchun juda muhim.
Men uni tomosha qilishni va uning taraqqiyotini ko‘rishni yaxshi ko‘raman. “Liverpul”ning o‘yinini ham ko‘rdim va bu juda yaxshi bo‘ldi. Bundan tashqari, men Olimpiya o‘yinlari va shunga o‘xshash narsalarni ko‘p tomosha qildim.
Hozirgacha yoz ajoyib o‘tdi. Ta’tilni tashkil qilish kerak, chunki ko‘p odamlar siz bilan uchrashishni xohlashadi. Shuning uchun biz biroz sekinlashishga majbur bo‘ldik.
Hozir nevara va farzandlarimiz bilan uch hafta birga bo‘ldik. Bu ajoyib edi”, – deydi “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/