«Vilyarreal» hujumchisi «Atletiko» klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi

«Vilyarreal» hujumchisi Aleksandr Serlot Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi AS nashri. Endi hammasi klublarga bog‘liq.

Futbolchining tovon puli miqdori 38 million yevroni tashkil qiladi. «Suv osti kemasi» bu miqdorni kamaytirmaydi, lekin bo‘lib-bo‘lib to‘lash variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Norvegiyalik futbolchi so‘nggi mavsumda «Vilyarreal»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. O‘tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 41ta o‘yin o‘tkazib, 26ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan.

«Atletiko Madrid» Artyom Dovbikni qo‘lga kirita olmagach, Serlot variantiga o‘tdi. «Jirona» forvardi «Roma»ga o‘tishga qaror qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter