To‘lqin Qilichev: «Bu Olimpiadada katta tajriba to‘pladim»

O‘zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Abdumalik Xalokovning g‘alabisidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

«Bu Olimpiadada katta tajriba to‘pladim. Buni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. Juda ham katta mas’uliyat olganmiz, uyqu yo‘q. Faqat tanamiz charchagani uchun ertalab uxlab qolamiz xolos. Barcha fikrlar bu yerdagi janglarga qaratilgan.

Musobaqaga bir soat qolganda hammani uyg‘otib, yana mashg‘ulotlarga qaytib boramiz. Har kuni shu ahvol. Bu Olimpiada bundan ortig‘i bo‘lishi mumkin emas. Bu yerda katta manfaatlar turibdi. Vaziyatni boricha qabul qilish kerak va ishlash kerak», dedi Qilichev. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter