«Real Sosyedad» Zaxaryan qaytganini ma’lum qildi

Rossiya terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan «Real Sosyedad»ga qaytdi. Bu haqda ispan klubining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rossiyalik futbolchi ta’tildan keyin jamoa bilan birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Arsen o‘tgan yozda «Real Sosyedad»ga o‘tgandi. Uning avvalgi klubi Moskvaning «Dinamo»si edi. O‘tgan mavsumda Zaxaryan ispan jamoasi safida 40 ta o‘yinda ishtirok etgan. Yarim himoyachi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Arsenning shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter