«Al-Ittihod»ning rejalari butunlay o‘zgarib ketdi
Stefano Pioli “Al-Ittihod”ni boshqarmaydi.
Oldinroq italiyalik mutaxassis Saudiya jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishi va 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
Biroq Fabrisio Romanoning fikricha, Pioli Jidda klubiga tayinlanmaydi. Loay Nazerning “Al-Ittihod” prezidenti lavozimini tark etish qarori ortidan barcha kelishuvlar bekor qilindi.
Shu munosabat bilan klub yana “Renn” himoyachisi Artur Teate bilan ham shartnoma imzolamaydi. Bu transfer uchun 18 million yevro to‘lanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/