Fransiya va Portugaliya ancha ehtiyotkor futbol ko‘rsatsa kerak
Bugungi juftliklarda farqlar ko‘p, ammo menimcha, eng muhimi umumiy taassurotda bo‘lsa kerak.
Ispaniya va Germaniya guruh bosqichida yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, o‘yin sifati bo‘yicha savollar kam, ya’ni mabodo yutqazgan taqdirda ham, munosib raqibga boy bergan bo‘ladi, jamoa xuddi shu yo‘nalishda davom etsa, keyingi turnirlarda ham asosiy favoritlardan bo‘lishiga shubha yo‘q.
Fransiya va Portugaliya esa, go‘yoki, ular uchun hali turnir boshlanmagandek, potensial to‘liq ochilmagandek tuyulyapti. G‘alaba umid beradi, ammo mag‘lubiyatga uchrashsa, nimadir noto‘g‘ri qilingandek, potensial to‘liq ochilmagandek ko‘rinadi, murabbiylar iste’fo berishi, yetakchilar tanqid ostida qolishi mumkin.
Shu jihatdan qarasak, Ispaniya va Germaniya bahsi hujumkor, futbolchilarning erkin harakatlari bilan o‘tsa kerak. Nemislarning maydon egasi ekanini aytmasa, bosim kamroq.
Fransiya va Portugaliya esa, mag‘lubiyatdan ko‘proq qo‘rqishadi, chunki bu taassurotni birato‘la salbiylashtirib yuboradi. Ancha ehtiyotkor o‘yin ko‘rsak kerak. Qaysidir gol hammasini o‘zgartirib, qizib ketmasa, agar.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/