Germaniya terma jamoasi a’zolariga Yevro oxirigacha ayollar va qizlar bilan uchrashish taqiqlandi

Germaniya terma jamoasi futbolchilarining ayollari va mahbubalari delegasiya istiqomat qilayotgan mehmonxonaga kiritilmaydi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsman bunday talab orqali futbolchilarning chalg‘ishini oldini olmoqchi.

Nimchorak final o‘yinlarigacha ayollarning mehmonxonaga kirishiga ruxsat berilayotgandi.

Germaniya chorak finalda Ispaniya bilan to‘qnash keladi. O‘yin 5 iyul kuni Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: bombardir.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter