«Barsa» Joaular masalasini tezroq hal qilmoqchi
Iyul va avgust Joau Kanselu va Joau Feliksning kelajagi masalasida muhim oylar hisoblanadi. «Barsa» bu vaqt ichida har ikkala futbolchining klublari bilan muzokara o‘tkazib, transfer imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Barchasi ular uchun necha pul so‘ralishi va shartnoma shartlariga bog‘liq
Xansi Flik har ikkala futbolchini kelgusi mavsum klubda ko‘rishni istashini bildirgan. Portugaliyaliklar ham shaxsiy shartnoma masalasida klubga katta muammo tug‘dirishmaydi. Bu haqda «TV3» xabar bergan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/